Yetkazib berish hududga qarab 25 000 so'mdan boshlanadi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur’onni tilovat qilinglar. Chunki Qiyomat kuni o‘qigan egasiga u shafoatchi bo‘lib keladi”, deganlar.
Ahmad Hodiy Maqsudiyning «Muallimi soniy» kitobi asosida qayta nashrga tayyorlangan ushbu kitobda tajvid qoidalari, harflarning maxrajlari batafsil bayon etilgan. Kitob Qurʼoni karimni, arab alifbosini o‘rganishni niyat qilgan o‘quvchilar uchun dastlabki taʼlimdir. Kurʼon nuri qalbingiz, uyingizni nurafshon etsin, aziz o‘quvchilar!
Kitobda Shayx Alijon qori Fayzulloh Mahdum o‘g‘lining QR-kodlar orqali berilgan audio shaklidagi arab alifbosi, tajvid qoidalari hamda Qurʼoni karimning o‘ttizinchi porasi tilovati jamlangan
Muallif: Ahmad Hodiy Maqsudiy, Shayx Alijon qori Fayzulloh Mahdum o‘g‘li
Masuʼl muharrir: Nuriddin domla Xoliqnazarov
Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh Abdulmajid Muhammad
Nashriyot: “Muharrir”
Sana: 2023 yil
Hajmi: 80 bet
O‘lchami: 70×100 1/16
Muqovasi: yumshoq